Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Badanga qasddan yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq qilmish jinoiy jazo tarkibidan chiqarildi

Badanga qasddan yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq qilmish jinoiy jazo tarkibidan chiqarildi

Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoiy qilmish jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazilmoqda.

Bu borada Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi O‘RQ-972-sonli qonun qabul qilindi.

Qonun bilan, shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to‘ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma’muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

  • BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;
  • 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring