Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi sifatida ish boshladi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi sifatida ish boshladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagan Baxtiyor Ibragimov 21-noyabr kuni Vena shahrida O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

«Marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati bo‘lib o‘tdi. Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi», deyiladi xabarda.

Avval xabar qilganimizdek, elchi shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotidagi O‘zbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiya qilingan edi.

Baxtiyor Ibragimov bungacha Nyu-York shahrida 2017–2023-yillar mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring