Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Toshkentga keldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Toshkentga keldi

Bugun, 13-mart kuni tongda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon I. Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, BMT Oliy komissari 15-martgacha O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu kunlarda tashkillashtiriladigan uchrashuv va muloqotlarda O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashiladi. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi hamda Inson huquqlari sohasidagi Vena deklarasiyasi va Harakatlar dasturining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida so‘z yuritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring