Isroil BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashini tark etdi

AQShdan o‘rnak olgan Isroil BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (UNHRC)dan chiqdi. Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar shunday bayonot berdi.
«Isroil Trampning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashida qatnashmaslik qarorini olqishlaydi. Isroil AQShga qo‘shilgan holda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashini tark etadi», — dedi Saar.
Saarning aytishicha, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi bor diqqatini demokratik davlat (Isroilni nazarda tutgan — tahr.)ga hamla qilish va antisemitizmni tarqatishga qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligidan chiqishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter