Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ham Toshkentning ayrim hududlari elektr ta’minotidan uzildi

Bugun ham Toshkentning ayrim hududlari elektr ta’minotidan uzildi

Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlarida elektr energiyasi soat 18:00ga qadar vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Bektemir tumani «Iykota» MFYning Orasta, Taraqqiyot, Mevazor, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Uchtepa tumani «Katta qani» MFYning N.Saidov hamda O.Zoyitov tor ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yashnobod tumanining: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida;

Mirzo Ulug‘bek tumani Mo‘minova hamda Sayram ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Yakkasaroy tumanining Kichik Beshyog‘och, Andijon hamda Shamsi Kulol ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.

Ma’lumot uchun, kecha 5 iyun kuni ham Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlarida elektr energiyasi soat 09:00dan 18:00ga qadar vaqtincha o‘chirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring