Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chaqir uchastkavoyni! Iflos!» – o‘quvchining ro‘molini yechib olgan maktab direktori ishdan olindi (audio)

«Chaqir uchastkavoyni! Iflos!» – o‘quvchining ro‘molini yechib olgan maktab direktori ishdan olindi (audio)

Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 43-maktabning direktori ekani aytilgan audio va video xabar tarqalgan edi. Unda direktor maktab o‘quvchisini (rasmiy ma’lumotda nechanchi sinf o‘quvchisi ekaniga aniqlik kiritilmagan) sinfdoshlari orasida tiz cho‘ktirib, uning boshidagi ro‘molni yechib olgani va uni tartibbuzarlikda ayblayotgani aks etgan.

U, shuningdek, atrofdagilarga uning ota-onasini va mahalla inspektorini chaqirishni buyurib, o‘quvchi qizni ham o‘z xonasiga olib borishlarini aytgan.

«Xabar.uz»ning mazkur voqea yuzasidan rasmiy munosabat so‘rab bergan so‘roviga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan viloyat hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, o‘rganilayotganini bildirgan edi.

Vazirlikning Namangan viloyati boshqarmasi holat o‘rganilganini bildirdi. Aniqlanishicha, voqea 2022-yilning sentyabrida sodir bo‘lgan va audio hamda videotasvirlar 2023-yil iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, ayni paytda maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring