Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida ehtiyojmand oilalar farzandlariga sunnat to‘y qilib berildi

Chiroqchida ehtiyojmand oilalar farzandlariga sunnat to‘y qilib berildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mahalliy tadbirkor hamda tuman hokimligi ko‘magida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 nafar  farzandlari uchun sunnat to‘y qilib berildi.

Tadbirda tuman hokimi Fayzulla Yusupov so‘zga chiqib, sunnat to‘ylari o‘tkazilayotgan bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklarini bildirdi.

«To‘y bola»larning ota-onalari tadbir homiylariga minnatdorchilik bildirib, kelgusida farzandlarini vatanga xizmat qiluvchi yetuk inson qilib tarbiyalashlarini ta’kidladilar.

Shuningdek, o‘sha kuni tuman aholisi uchun yana bir qulaylik, ko‘p tarmoqli xususiy davolash kilinikasining ham ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy mahallasida ish boshlagan ushbu klinika ochilishida so‘z olganlar mamlakatda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yanada yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Ma’lum qilinishicha, markaz zamonaviy tibbiy jihozlar bilan jihozlangan va malakali shifokorlar jalb qilingan bo‘lib, 50 o‘ringa mo‘ljallangan. Shuningdek, xususiy klinikasining ishga tushirilishi hisobiga 35 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgichni 6 oy ichida 60 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Qo‘shaloq bayramda sunnat to‘ylari qilib berilgan bolajonlarga ertak qahramonlari tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar va san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring