Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlari ko‘pchilik hududlarda qor yog‘adi

Dam olish kunlari ko‘pchilik hududlarda qor yog‘adi

Joriy yil 24-25 fevral kunlari respublikaning ko‘pchilik hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida esa shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring