Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqon va fermerlarga zamonaviy texnikalarni yetkazib berish ustuvor vazifa – «O‘zagrolizing»

Dehqon va fermerlarga zamonaviy texnikalarni yetkazib berish ustuvor vazifa – «O‘zagrolizing»

Joriy yilning 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlariga doir yig‘ilish o‘tkazgan edi.

Yig‘ilishda, jumladan, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, hosildorlikni paxtada 50 sentner, g‘allada 100 sentnerga yetkazish reja qilinayotgani ta’kidlandi. Bu borada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va eng zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi qayd etib o‘tildi.

Ayni shu masalalar yuzasidan «O‘zagrolizing» AJ boshqaruv raisi Nodir Otajonov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

– Mana 24 yildirki «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston lizing bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab, yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Fermer xo‘jaliklari va hamda qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa vakillariga eng zamonaviy texnikalarni yetkazib berish oldimizda turgan ustuvor vazifadir. Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ayni shu masalalarga e’tibor qaratildi.

Yurtboshimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida safarbar qilinmagan yangi zaxiralarni ishga solish, xarajatlarni pasaytirib, shu orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish, yerlarimiz unumdorligi, hosildorlikni oshirish bo‘yicha barcha sohalarda aniq vazifalar belgilab berildi. Mexanizatsiya, operatorlarni o‘qitish masalalariga e’tibor qaratildi, – deydi Nodir Otajonov.

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatiga joriy yil qishloq xo‘jaligiga 10 mingdan ortiq zamonaviy energiya tejamkor qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish vazifasi yuklatilgani, hozirga qadar hududlar kesimida bu texnikalarning egalarini aniqlashtirib, hisob-kitob qilib olingani ta’kidlandi.

Kompaniya rahbari, shu bilan birga texnikalarni lizingga olish shartlari va tartiblari haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

– Texnikalarni lizingga olish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 3 kundan oshmaydi. Murojaat qiluvchilar egaligidagi yer maydoni, oladigan hosili, daromadi va bankdagi aylanma mablag‘lari  haqida ma’lumotlarni hamda biznes-rejalarini topshirishadi. Hujjatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, texnikalar qisqa muddatda yetkazib beriladi. Og‘ir texnikalarga 10 yilgacha, kichikroq texnikalarga esa 3-5 yilgacha lizing qilib beriladi.

2024 yilda «O‘zagrolizing» AJ birinchi navbatda xorijiy moliya bozoridan uzoq muddatli, past foizli mablag‘larni jalb qilish hisobiga dehqon, fermerlarga uzoq muddatli, nisbatan arzon narxlarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishni asosiy vazifa sifatida o‘z oldiga maqsad qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan yetkazib berish hajmi 5 barobarga o‘sishi kutilyapti, – deydi Nodir Otajonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring