Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Kecha, 8-iyul kuni soat 10:30larda, Farg‘ona viloyati Quva tumani «Soyguzar» M.F.Y hududidan o‘tgan, 4R-112 «Farg‘ona halqasi» avtomobil yo‘lining 200-km.da odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi «Vaz-2101» avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.  YTH oqibatida «Vaz-2101» rusumli avtomobil haydovchisi A.X og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, «Vaz-2101» rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1989-yilda tug‘ilgan A.D va «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi R.O tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring