Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlarga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim – O‘zbekiston TIV

Ichki ishlarga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim – O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etib ayni paytda AQShda bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonning tashqi siyosatiga mas’ul Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Rossiya TIV rahbari S.Lavrov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, jumladan, strategik sheriklikning dolzarb mavzulari, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazilgan.

Shu bilan birga «o‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligi» ham ta’kidlangan.

«Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik», – deydi Saidov. 

Eslatib o‘tamiz, ikki kundan buyon Rossiya tomoni rasmiylari Toshkent shahri Chilonzor tumani 188-maktabdagi vaziyat  bo‘yicha turli chiqishlar qilib kelayotgan va bu o‘zbekistonlik ijtimoiy faol qatlamning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring