«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish tartibi belgilandi
«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda:
- barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
- bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Joriy yil 27-dekabr kuni qabul qilingan «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga ko‘ra, shuningdek, «Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
- YaIDXP (my.gov.uz);
- «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi;
- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
- moliyaviy agent.
Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta’minlash maqsadida:
- 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
- 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter