Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki bosh buxoro bug‘usini ovlagan brakonerlar ushlandi

Ikki bosh buxoro bug‘usini ovlagan brakonerlar ushlandi

Quyi Amudaryo biosfera rezervatida ikkita buxoro bug‘usi brakonerlar tuzog‘iga tushib qoldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni soat 06:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topilgan. Aniqlanishicha, ular brakonerlar tomonidan qo‘yilgan tuzoqqa tushgan.

Hayvonlarning nobud bo‘lishiga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati boshqarmasi inspektorlari voqea joyida pistirma tashkil qilingan. Bir necha soat o‘tgach, niqobli ikki noma’lum shaxs pistirmaga yaqinlashgan, ammo inspektorlarni payqab, voqea joyidan qochib ketishgan.

Quyi Amudaryo qo‘riqxonasi inspektorlarining o‘tkazgan tezkor harakatlari natijasida Beruniy tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda voqeaga aloqador brakonerlar – Beruniy tumani Biybozor qishlog‘ida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan Sh.A., 1990-yilda tug‘ilgan R. B. va 1985-yilda tug‘ilgan I.D.lar qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Beruniy tumani IIB tomonidan hayvonlarning nobud bo‘lganligi fakti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring