Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Inbazar» MChJ ixtiyoriy tugatilish bosqichida – Soliq qo‘mitasi

«Inbazar» MChJ ixtiyoriy tugatilish bosqichida – Soliq qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Inbazar» savdo do‘konlari tarmog‘i xodimlari, jumladan, tarmoq asoschisining xodimlariga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani, ularni xatolari uchun o‘zboshimchalik bilan mahkamaga tortgani aks etgan videotasvirlar tarqalgan va bu aholining ijtimoiy faol qatlamining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.

Shundan so‘ng bir muddat o‘tib, ayrim manbalar «Inbazar» MChJ hisobida bir nafar xodim borligi va shu sababli davlatga bir nafar xodim uchun soliqlar to‘lab kelganligini yozdi.

Davlat soliq qo‘mitasi mazkur xabarlarga munosabat berib, jumladan, bugungi kunda Toshkent shahrida «Inbazar» savdo  brendi  ostida 3 ta tadbirkorlik sub’yekti — «In mag» MChJ, «Go trend» MChJ hamda «Kds sales» MChJlar faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra esa ushbu tadbirkorlik sub’yektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan ta’minlangan.

DSQ ta’kidicha, shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgan «Inbazar» MChJ tadbirkorlik sub’yekti sifatida ham faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring