Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi mazkur davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarini mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan ogohlikka chaqirdi.

Elchixona, jumladan:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanishni;
  • Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishni;
  • Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoniga o‘rnatishni;
  • Favqulodda vaziyatlarda tezroq yordam olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurishni;
  • Imkon qadar ommaviy yig‘ilishlar joyini chetlab o‘tish va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklashni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lgan hollarda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga (03-758-5075, 03-672-2466, 03-672-2371)murojaat qilish so‘ralyapti.

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun esa 054 485 1397 telefon raqamlari bilan bog‘lanish tavsiya qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring