Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 30 mln so‘mgacha garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 30 mln so‘mgacha garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi

Joriy yil 23-sentyabr kuni qabul qilingan PQ-330-son qaror bilan AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratadi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

2025/2026 o‘quv yilidan esa kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

2025-yildan «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring