Kambag‘allik darajasi eng ko‘p Buxoro va Samarqandda qisqargan

2023-yilda respublikada kambag‘allik darajasi 14 foizdan 11 foizga, 2024-yilda esa 8,9 foizgacha qisqardi. Natijada 719 ming kishi kambag‘allikdan chiqarildi.
Kambag‘allik darajasining pasayishi respublikaning barcha hududlarida kuzatilmoqda.
Jumladan, kambag‘allikning qisqarish sur’atlari Buxoro va Samarqand viloyatlarida sezilarli yuqorilashni ko‘rsatmoqda va o‘rtacha 3,1 foiz punktni tashkil etib, mos ravishda 8,7 foiz va 7,5 foizga teng bo‘ldi.
Shuningdek, kambag‘allik darajasining eng yuqori qisqarishi Namangan viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2,8 foiz punkt darajasida qayd etildi: navbati bilan 7,6 foiz va 10,8 foizgacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter