Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lukoyl»ga tegishli korxona Toshkent yo‘llarini ta’mirlashga yordam beradi

«Lukoyl»ga tegishli korxona Toshkent yo‘llarini ta’mirlashga yordam beradi

28-fevral, seshanba kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov «LLK-International» mutasaddilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda «Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti» mutasaddilari, yo‘l qurilishi va loyihalashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishgan.

O‘zaro muloqotda poytaxtdagi yo‘llarni sifatli ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi. Baxtiyor Rahmonov poytaxt ko‘chalari haqida ma’lumot berib, O‘zbekiston iqlimi keskin kontinental bo‘lgani bois yo‘llarda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari sifatini hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish muhimligini ta’kidladi.

«LLK-International» mutasaddilari hozirda ular tomonidan yo‘l qurilishi va ta’mirlashda qo‘llanilayotgan mahsulot va texnologiyalar haqida atroflicha ma’lumot berib, bajarilgan ishning kafolati 7-10 yil, hatto undan ortiq ham bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishdi. Shuningdek, ular ish jarayonida har bir ob’yekt uchun ulohida yechim qo‘llashlari va 20 daraja sovuqdan 76 daraja issiqqacha bo‘lgan iqlim sharoitlariga mos keluvchi takliflari borligini aytib o‘tishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.

Ma’lumot uchun, «LLK-International» («Lukoyl» guruhining 100 foizli sho‘ba korxonasi) moylar, moylash materiallari va boshqa texnik suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring