Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhtojlarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash takomillashtiriladi

Muhtojlarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash takomillashtiriladi

2024-yil 1-maygacha davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi.

Bu borada Prezidentning PQ-88-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-maydan:

  • protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag‘lar miqdorini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib o‘rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilanadi;
  • nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta’minlash tartibi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring