Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov Buxarestda o‘tgan shaxmat turnirida qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Nodirbek Abdusattorov Buxarestda o‘tgan shaxmat turnirida qancha ishlab olgani ma’lum qilindi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour seriyasiga kiruvchi Superbet Chess Classic Romania turniri o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov (2766) ham ishtirok etgan. Uchrashuvlarning 8 tasida durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan Abdusattorov yakunda 9-o‘rinni egalladi hamda tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 14 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan.

O‘z navbatida, musobaqa chempioni Fabiano Karuana 68 750 AQSh dollariga ega bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda bir xil ochko qayd etgan uch nafar shaxmatchi — fransiyalik Alirezo Firuzja, hindistonlik Dommaraju Gukesh va Rameshbabu Pragnanandhaning har biriga 58 750 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring