Nogironlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foiz chegirma beriladi
Senatning 47-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, qonun bilan 2 ta kodeks hamda 15 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda;
- intellektual mulk ob’yektlari bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazuvchi vakolatli tashkilot sifatida Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi belgilanmoqda;
- tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish muddatini qisqartirilmoqda;
- adliya organlariga intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash vakolati berilmoqda;
- davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qo‘llash vakolati adliya organlariga o‘tkazilmoqda.
- Bundan tashqari, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llanilishi belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter