Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukus voqeasining «bosh aybdor»i sud ustidan shikoyat qildi

Nukus voqeasining «bosh aybdor»i sud ustidan shikoyat qildi

Joriy yil 31-yanvar kuni Buxoroda bo‘lib o‘tgan sud ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi bilan Nukus voqealarida asosiy aybdorlaridan biri sifatida ko‘rilgan va 16 yilga «kesilgan» Davletmurat Tajimuratov birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyasiya shikoyati kiritdi.

Shuningdek, sudlanuvchilar P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokimbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayipov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan ham birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellyasiya shikoyati kiritilgan bo‘lib, prokuratura tomonidan mazkur sud hukmining sudlanuvchilar L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan protest keltirilgan.

Rasmiy axborotga ko‘ra, jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi kiritilgan shikoyatlar va keltirilgan protestga asosan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan apellyasiya tartibida ko‘rib chiqiladi.

Oliy sud, shuningdek, apellyasiya instansiyasi sudining jinoyat ishini ko‘rib chiqishi sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lum qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklar sodir bo‘lgan va keyinchalik shu ishga aloqador yuzga yaqin kishi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring