Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek tilidan milliy sertifikati borlarga 50 foiz ustama to‘lanadi

O‘zbek tilidan milliy sertifikati borlarga 50 foiz ustama to‘lanadi

Prezident yig‘ilishida «O‘zbek tili va adabiyoti» fani o‘qituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilaridan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanishi adolatdan bo‘lishini ta’kidladi.

Shu maqsadda O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Milliy sertifikatga ega bo‘lgan «O‘zbek tili va adabiyoti» fani o‘qituvchilariga kelgusi o‘quv yilidan boshlab 50 foiz ustama to‘lanadi.

O‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilishi, g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda oliygohlarga o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring