Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlik qiladi

Joriy yil 10-iyun kuni «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-214-sonli) qabul qilindi.

Belgilanishicha, «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Hujjat 2023-yil 13-oktyabrda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan edi.

MDH ishtirokchi-davlatlarda sud-ekspertlik faoliyati  sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning asosiy maqsadi ob’yektiv ilmiy asoslangan ekspertizalar va ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda o‘z davlatlari manfaatlarini himoya qilish muammolarini hal qilishdan iborat.

Muvofiqlashtiruvchi Kengash MDHning tarmoq hamkorligi organi sifatida sud ekspertizasi organlarining sud-ekspertlik faoliyatida o‘zaro hamkorlik hamda xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.

Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring