Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Joriy yil 14-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi.

«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzolagan.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan.

«Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, G‘arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 6-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring