Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish vaqtincha to‘xtatildi

Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, barcha hududiy bo‘linmalardan yuklar kelib tushayotgani sababli ularni saralash, qadoqlash va jo‘natishga tayyorlash qo‘shimcha vaqt talab etmoqda.

«Gumanitar yordam yig‘ish qayta boshlangani va Turkiyaga yetkazilishi zarur bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini yana e’lon qilamiz», - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kungacha turk xalqi uchun kerakli mahsulotlar bilan to‘ldirilgan 27 ta yuk mashinasini (taxminan 550 ta poddon) jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring