Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga 6 oyda 3,5 mln nafar turist kelgan

O‘zbekistonga 6 oyda 3,5 mln nafar turist kelgan

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.

2024-yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida eng ko‘p – Qirg‘iziston (1 057,4 ming nafar), Tojikiston (1 046,2 ming nafar), Qozog‘iston (668,4 ming nafar), Rossiya (364,5 ming nafar) va Turkmaniston (67,2 ming nafar) mamlakatlaridan tashrif buyurgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga Turkiya (51,9 ming nafar), Xitoy (28,7 ming nafar), Hindiston (28,2 ming nafar), Janubiy Koreya (19,6 ming nafar), Italiya (17,7 ming nafar) va boshqa davlatlar (181 ming nafar)dan ham turistik maqsadlarda tashrif buyurishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring