Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

  O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli tayinlandi

  O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Dubay shahrida yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktori Shayx Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashdi va konsullik patentini qabul qilib oldi.

Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Shayx Al Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi. 

Kamol Ikromov Dubayga bosh konsul etib tayinlanishidan avval, 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishgan. U ayni vaqtda O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga 2019-2024 yillarda rahbarlik qilgan Alisher Salomov o‘rniga tayinlandi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Um al-Kuveyn va Fujayra amirliklari kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring