Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 50 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 50 mlrd dollardan oshdi

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 50 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 7 mlrd 837,9 mln. AQSh dollariga yoki 18,6 foizga ko‘paydi.

Bunda eksport – 19,3 mlrd.

  • tovarlar – 11 mlrd.
  • xizmatlar  – 4 mlrd.
  • Oltin – 4,3 mlrd.

Import – 30,7 mlrd.

  • tovarlar – 28,2 mlrd.
  • xizmatlar  – 2,5 mlrd.

Saldo – 11,4 mlrd.

Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021-yil fevral oyida qayd etilib, 5 mlrd 233,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2021-yilning shu oyiga nisbatan 2 mlrd 846,2 mln. AQSh dollariga ko‘paydi.

2022-yil dekabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 5 mlrd 60,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va 2021-yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga kamaydi.

O‘zbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (18,6 foiz), XXRda (17,8 foiz), Qozog‘istonda (9,2 foiz), Turkiyada (6,4 foiz), Koreya Respublikasida (4,7 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (2,5 foiz) va Germaniyada (2,3 foiz) qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring