O‘zgidromet bayram kunlari uchun yomg‘ir «va’da qilyapti»
![O‘zgidromet bayram kunlari uchun yomg‘ir «va’da qilyapti»](https://xabar.uz/static/crop/9/6/920__95_960886151.jpg)
20-22 mart kunlari respublika hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Markazi xabarida aytilishicha, havo harorati 20-martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 21-22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Ma’lumot uchun, bugun va ertaga respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18-mart kuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqacha, janubda 25-28 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter