Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi

Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi

Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali my.gov.uz portalidagi «Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish» xizmati yordamida mazkur to‘lovlarni ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turishi mumkin. 

Ushbu xizmat, jumladan, vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmagan va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelgan, mamlakat tashqarisida bo‘lganlik uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlarini ololmaslik hamda fuqaroning hayotida to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bergan holatlarda kerak bo‘lishi mumkin.

Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi. Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun esa to‘lov ham undirilmaydi.

Xizmat ariza topshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring