Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi chiqindi tashish bilan shug‘ullanib kelgan o‘ndan ortiq xususiy korxonalar bilan «aloqani uzdi»

Poytaxt hokimligi chiqindi tashish bilan shug‘ullanib kelgan o‘ndan ortiq xususiy korxonalar bilan «aloqani uzdi»

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning 75 ta mahallasida chiqindilarni olib chiqib ketish bilan shug‘ullanib kelgan jami 16 ta tadbirkor bilan tuzilgan bitim muddatini uzaytirmasligini  ma’lum qildi.

Hokimlik qaroriga ko‘ra, 2019 yilning fevralida «Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi 5 yil muddatga tuzilgan bitimning muddati yakuniga yetganligi sababli davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatayotgan muqobil korxonalar bilan tuzilgan bitim muddati uzaytirilmaydi va ushbu korxonalarga biriktirilgan hududlarni «Maxsustrans-IChB» DUK qabul qilib oladi.

Shuningdek, qolgan 17 ta muqobil korxonaning bitim muddati belgilangan tartibda 6 oy sinov tariqasida uzaytiriladi.

Qaror bilan «Maxsustrans-IChB» DUK rahbariyatiga tuman hokimliklari bilan birgalikda muqobil korxonalarga biriktirilgan hududlar va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga (bitim muddati yakunlangan) asosan boshqaruvga berilgan moddiy boyliklarni hamda yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarni xatlovdan o‘tkazgan holda belgilangan tartibda qabul qilib olish topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring