Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarzdor ota aliment evaziga farzandlariga uyini xatlab berdi

Qarzdor ota aliment evaziga farzandlariga uyini xatlab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 2023-yil 12-iyundagi sud hujjatiga asosan, qarzdor M.M.dan undiruvchi  foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzdanlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ota to‘lovni paysalga solib, sobiq turmush o‘rtog‘iga turli bahonalarni ro‘kach qilgan holda tegishli tartibda idoralarga murojaat qilmaslikni so‘rab kelgan.

Biroq, ijro harakatlari Byuroning Rishton tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan. Aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlik uchun qarzdorning chetga chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilgan. Shundan so‘ng fuqaro M.M. qonun majburiyatlaridan qochib keta olmasligini tushunib yetgan.

Qarzdor ijro hujjati talablarini bajarish, nizoli holatni hal qilish va taraflarning hamkorligi asosida o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadida professional mediatorga murojaat qilgan.

Professional mediator ishtirokida qarzdor va undiruvchi o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvga ko‘ra, qarzdor ota uch nafar farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun aliment to‘lovlari evaziga Rishton tumanida joylashgan hovli uyini (969,2 mln so‘mga baholangan) undiruvchi nomiga rasmiylashtirib bergan.

Shu tariqa, undiruvchi alimentdan voz kechib ijro ishi tamomlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring