Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi mahalliy telekanallarga reklamaga doir ko‘rsatma xati yubordi

Raqobat qo‘mitasi mahalliy telekanallarga reklamaga doir ko‘rsatma xati yubordi

Raqobat qo‘mitasi raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yubordi.

Qo‘mitaning qayd etishicha, bunga oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablarining buzilishi holatlari sabab bo‘lmoqda.

Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini  amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan.

«Ushbu ko‘rsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi va o‘rganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan sub’yektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring