Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublikada mavjud ko‘p kvartirali uylarning 200 tadan ortig‘i seysmik zaif ekanligi aytildi

Respublikada mavjud ko‘p kvartirali uylarning 200 tadan ortig‘i seysmik zaif ekanligi aytildi

Adliya vazirligi «Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Unda aytilishicha, bugungi kunda, turar va noturar joy ob’yektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan ob’yektlarni buzish va qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan to‘g‘ri tartibga solish maqsadga muvofiq.

Qayd etilishicha, hozirda respublikada 42 minga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-yilgacha qurilgan, shundan 1 032 tasi instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan.

«Shu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi ob’yektlarini me’moriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash (renovatsiya qilish) zaruriyati yuzaga kelmoqda. O‘zbekistonda shaharsozlik renovatsiyasi sohasini tartibga soluvchi alohida normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi sababli esa ushbu masalalar qonunosti hujjatlarini qabul qilish orqali amalga oshirilishiga olib kelmoqda», – deyiladi loyiha matnida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring