Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rus maktab»lari va rus tilli OAVlarni kamaytirish taklif qilindi

«Rus maktab»lari va rus tilli OAVlarni kamaytirish taklif qilindi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov kam sonli rus vatandoshlar uchun rus tilli maktab va telekanallar «nomutanosib darajada ko‘p»ligini ta’kidlamoqda.

«So‘nggi vaqtlarda rus tilida shovinistik bayonotlardan boshqa narsa eshitmayapmiz…

Bu holatda munosabatlar o‘z yo‘liga, amaliy choralar haqida o‘ylashimiz kerak. Masalan, 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun ta’lim va televideniyada rus tili nomutanosib darajada ko‘p! Bu nomutanosiblik tuzatilishi kerak», – deydi Qodirov.

Partiya rahbari, shuningdek, avvalo O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni ona tilida o‘qitilishi bo‘yicha normani qonuniylashtirishni, qolaversa qozoq, ozar, qirg‘iz, turkman, turk va tojik qardoshlar bilan teleko‘rsatuvlar almashishni taklif qiladi.

U, shuningdek, fraksiyaning yaqin majlislarida bu masalalar muhokama qilinishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring