Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya TIV rasmiysi Smolinning safsatasiga izoh berdi

Rossiya TIV rasmiysi Smolinning safsatasiga izoh berdi

Joriy yilning 22 yanvar sanasida Rossiyaning NTV kanali «Mesto vstrechi» ko‘rsatuvida Markaziy Osiyodagi ayrim davlatlarning tashkil topishiga oid masala ko‘tarilgan va unda rus shovinist-tarixchisi Mixail Smolin o‘zbek millatining 1917 yilga qadar mavjud bo‘lmagani haqidagi safsatani ilgari surgan edi.  

Uning bu chiqishi hamda ko‘rsatuvning Rossiya markazi telekanalarning birida uzatilishi keng jamoatchilik o‘rtasida bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 

O‘z navbatida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Smolinning fikriga munosabat bildirib, «Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalarini umumiy tarix, yaqin insoniy va gumanitar aloqalar, savdo-iqtisodiy va biznes aloqalarining minglab «iplari» birlashtirib turishi»ni ta’kidlagan.

U, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, strategik sheriklik va aksariyat hollarda ittifoqchilik o‘zaro hurmat va madaniyatlar muloqotiga asoslanganini bildiradi.

«Rossiya va, ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo mintaqasining suveren, mustaqil davlatlari bunday munosabatlarning ahamiyatini to‘liq tushunadi.

Qayd etilgan g‘alati bayonotlar sub’yektiv fikrlardir. Ularning yuqorida aytib o‘tilgan bugungi voqeliklar bilan hech qanday umumiyligi yo‘q», – degan Rossiya TIV rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga qo‘shib olish iddaosi bilan «Spravedlivaya Rossiya – za pravdu» partiyasi hamraisi Zaxar Prilepin chiqish qilgan va buning ortidan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring