Samarqandda bolalarga berilishi kerak bo‘lgan 12 kg go‘sht suyakka aylanib qoldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda «Bog‘cha qozoniga solinishi kerak bo‘lgan 12 kilo go‘sht «cho‘michga chiqmadi» sarlavhali videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Joriy yilning 22 sentyabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanidagi 5-DMMTda o‘rganishlar olib borish jarayonida Sanitariya-yepidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi ishchi guruhi ham bog‘chadagi holatni o‘rganish uchun 5-DMMT ga kirib kelgan.
O‘sha kuni bog‘chaga 110 nafar tarbiyalanuvchi kelgan. Ularga SanPin normalariga ko‘ra, 80 grammdan go‘sht berilishi, 10 grammdan pishloq berilishi belgilanganligi nazarda tutilsa, shu kuni qozonga 110 nafar bolaga 12 kg emas, 8 kg 800 gramm go‘sht solinishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, har bir bolaga 10 grammdan, jami, 1 kg 100 gramm pishloq berilishi lozim bo‘ladi. MTT ning 22 sentyabr kungi taomnomasida pishloq berilishi ko‘rsatilmagan.
22 sentyabr kuni MTT da birinchi taomga mastava, ikkinchisiga chuchvara tayyorlagani aytilgan.
«Boshqarma ishchi guruhi tomonidan aniqlangan, kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga choralar ko‘rish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. Holat yuzasidan mas’ullarga ko‘rilgan choralar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi», – deyilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter