Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryolik g‘allakorlar bug‘doy topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Surxondaryolik g‘allakorlar bug‘doy topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Surxondaryolik g‘allakorlar 2024-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, bugun, 16 iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101 foizga bajardi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, g‘alla xirmoniga ayrim fermer xo‘jaliklari 100 sentnerdan 107,2 sentnergacha bo‘lgan hosillari bilan o‘z hissalarini qo‘shishgan.

«G‘allakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xo‘jaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilda voha g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

Ayni paytda esa viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring