Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tatariston rahbari Rustam Minnixonov Nukusga keldi  

Tatariston rahbari Rustam Minnixonov Nukusga keldi  

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 oktyabrida Rossiya davlatiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixonov bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvda O‘zbekiston yetakchisi Tatariston rahbari muhim yo‘nalishlarda hamkorlikning qo‘shma «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirishga kelishib olgan.

Bugun, 7-noyabr kuni mazkur «yo‘l xaritalari»da kelishilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonga xizmat safari bilan keldi.

Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinboyev kutib oldi.

Tatariston delegatsiyasing Qoraqalpog‘istondagi qator zavodlarga tashrif buyurishi hamda Qoraqalpog‘iston rahbarlari bilan barcha viloyatlarda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring