Texnikumlar negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Germaniyaga borib ishlovchilar uchun 2025-yildan imkoniyatlar yanada kengayadi. Bu haqda Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda «Globogate Concept AG» kompaniyasi direktori Sang-Vo Pai o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston fuqarolarining Germaniya hududida bandligini ta’minlash yuzasidan kasbga tayyorlash va tilga o‘qitish sohasida hamkorlik to‘g‘risida»gi hujjatda so‘z boradi.
Ta’kidlanishicha, shu vaqtgacha hamshiralik diplomi bor va nemis tilini bilgan nomzodlar bilan shartnoma qilingan bo‘lsa, 2025-yildan boshlab Jamoat salomatligi texnikumlari negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi va ularga yangi maqsadli qabul e’lon qilinadi.
«Ya’ni, qamrov keskin ko‘payadi. Tinglovchilar Germaniyaning «Aachen University Hospital» bilan birgalikda ishlab chiqilgan nemis tibbiy-ta’lim standarti asosida o‘qitiladi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda «Globogate» loyihasi orqali 224 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Germaniyada tibbiyot sohasida faoliyat olib bormoqda, 1000 ga yaqin tinglovchi til o‘rganayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter