Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent yerusti metrosining 7-bekati bir haftaga yopiladi

Toshkent yerusti metrosining 7-bekati bir haftaga yopiladi

Toshkent metropolitenining «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 7-bekati (Qo‘yliq) joriy yilning 11-mart kunidan 18-mart kuniga qadar metro yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

Bu kunlarda 6 va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanadi.

«Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun esa 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring