Toshkent supermarketlaridagi narxlar tahlil qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning may oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, 10 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasaygan. Jumladan, bodringning narxi 49,0 foiz, sariq piyozning narxi 24,5 foiz, kartoshkaning narxi 16,9 foiz, olmaning narxi 16,7 foiz, karamning narxi 14,6 foiz, tuxumning narxi 11,7 foiz, qizil sabzining narxi 8,3 foiz, pomidorning narxi 6,3 foiz, tovuq go‘shtining (file) narxi 4,9 foiz, shakarning narxi 3,6 foiz pasaygan.
6 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, grechka, makaron, sut, margarin, kungaboqar yog‘i.
5 nomdagi mahsulotlar narxi esa oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha banan yetakchi bo‘lgan.
«Banan narxining qisqa muddatli o‘sishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishi bilan bog‘liq», – deyiladi institut mutaxassislari monitoringida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter