Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida noqonuniy mobil kuchaytirgichlar faoliyati to‘xtatildi

Toshkent viloyatida noqonuniy mobil kuchaytirgichlar faoliyati to‘xtatildi

«O‘zkomnazorat» Inspeksiyasining Toshkent viloyat hududiy bo‘limi hamda «EMMM» DUK xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati hududlari bo‘ylab noqonuniy mobil kuchaytirgichlarni aniqlash maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Unda Toshkent, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlarida uylarga o‘rnatilgan 5 dona sifatsiz mobil kuchaytirgich qurilmalaridan noqonuniy foydalanilayotganligi va ular mobil aloqa operatorlarining baza stansiyalari ishlashiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligi aniqlandi.

Ushbu qurilmadan foydalanib kelayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, qurilmalar ishlatilishining oldi olindi.

Tadbir davomida fuqarolarga mobil kuchaytirgichlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, ulardan qayta foydalangan taqdirda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning tegishli moddasiga asosan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring