Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent–Chorvoq yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 80 km/soatga tushiriladi

Toshkent–Chorvoq yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 80 km/soatga tushiriladi

Yo‘l-transport hodisalari ko‘paygani sabab Toshkent–Chorvoq avtomobil yo‘lining ayrim uchastkalarda ruxsat etilgan tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi. Tegishli qarorni Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi qabul qildi.

Cheklovlar 4R-12 yo‘lining aholi punktlaridan tashqari joylashgan Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlaridagi bir qator kilometrajlarda joriy etildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatidagi davlat ahamiyatiga moliq D 012 «Bektemir sh.-Chirchiq sh.-G‘azalkent sh.-Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 19-74 kilometrlari oralig‘ida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025 yilda jami 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 15 nafar fuqaro vafot etgan va 50 nafar fuqarolar tan jarohati olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring