Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bir kun oldin yo‘qolib qolgan bolakayning jasadi topildi

Toshkentda bir kun oldin yo‘qolib qolgan bolakayning jasadi topildi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 6 yoshli A.A. ning kecha, 8-iyul kuni yo‘qolib qolgani va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda UzAlert ko‘ngillilari qidirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Bugun ertalab bolakayning jasadi otasi ishlaydigan sex hovlisidagi chiqindi suv quvuriga o‘rnatilgan quduq (lyuk) ichidan topildi.

Kechadan buyon bolakayni qidirayotgan jamoatchilik uni tirik holida topishga umid qilayotgan edi.

«Bu holat shahar va uning tashqarisida, sexlar va yashil maydonlarda xavfsizlik choralariga rioya qilish va lyuklarni, o‘yiqlarni hamda xandaqlarni yopish qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ochiq lyuklar halokatli oqibatlarga olib keladi. Ularni ta’mirlash, qopqoqlarini yopiq holida saqlash keyingi fojialarning oldini olishda muhim. Birgina 2023-2024 yillarda ochiq lyuklar tufayli 3 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu raqamlar faqat ma’lum bo‘lganlaridir», – deyladi UzAlert xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring