Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi

Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi

«Navro‘z» umumxalq bayrami munosabati bilan 18-mart kuni poytaxtda «Otliq kavaleriya paradi» o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan bugun soat 17:00dan 18:00ga qadar bir necha ko‘chalar qisman yopiladi.

Jumladan:

– «O‘zbekiston mehmonxonasi» avtoturargohidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha va ushbu aylanma yo‘l;

– Amir Temur xiyobonidan Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

– Amir Temur shoh ko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasidan «Hyatt regency» mehmonxonasi avtoturargohigacha.

Hokimlik haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring