Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turk kompaniyasi Toshkentdan Chorvoqqa boradigan yo‘lining bir qismiga pullik yo‘l qurmoqchi

Turk kompaniyasi Toshkentdan Chorvoqqa boradigan yo‘lining bir qismiga pullik yo‘l qurmoqchi

Turkiyaning «Onur Group» kompaniyasining DXSh asosida 4P12 «Bektemir sh. – Chirchiq sh. – G‘azalkent sh.– Chorbog‘ qo‘rg‘oni» avtomobil yo‘lining 6–77 km qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pullik yo‘lga o‘tkazish loyihasi bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligida muzokara bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuvda vazirlik rahbariyati hamda turk kompaniyasining Moldova va Ruminiya davlatlaridagi loyihalar bo‘yicha direktori Bulent Tatar ishtirok etgan.

Ma’lum qilinishicha, loyiha joriy yilning 18-sentyabr kuni «Onur Group» kompaniyasi ekspertlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) sohasida hamkorlik rivojlanib borayotgani, jumladan, avtomobil yo‘llari, tonellar qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan erishilgan kelishuvlar e’tirof etildi.

Yakunda tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, «Onur Group» Turkiya, Ukraina, Xorvatiya, Tunis, Moldova, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Ummon Sultonligi, Qatar, Ekvatorial Gvineya va Turkmaniston kabi 13 davlatda qurilish sohasida loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, kompaniya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi yirik investitsiya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar uchun xizmatlar ko‘rsatishi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring