Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi Toshkent»ga ko‘chiriladigan vazirlik va idoralar binolari qurilishi qachon boshlanishi aytildi

«Yangi Toshkent»ga ko‘chiriladigan vazirlik va idoralar binolari qurilishi qachon boshlanishi aytildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan «Infrastrukturadagi investitsion loyihalar» mavzusidagi panel sessiyasida 2024 yilda O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlangan «Yangi Toshkent» loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyiha taxminan 1 million aholi uchun zamonaviy shahar makonini yaratish maqsadida 6000 ga maydonni o‘zlashtirishga qaratilgan. Qayd etilishicha, loyihaning birinchi bosqichi ko‘p qavatli uylar, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxona va poliklinika qurilishini o‘z ichiga oladi.

Sessiya davomida, «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi» direktori o‘rinbosari Bahrom Rizayev tomonidan shahar loyihasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar e’lon qilindi.

«1 million nafardan oshiq aholi uchun mo‘ljallangan shaharda 2024–2025 yillarda bir qancha vazirliklar, universitetlar, madaniyat joylari va ijtimoiy ob’yektlar qurish ishlari boshlanadi», – deydi Bahrom Rizayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotilishi aytilgandi. Sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentda ma’muriy binolar qurishga sarflanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring