Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi mahsulotlarni sut bilan birga iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Qaysi mahsulotlarni sut bilan birga iste’mol qilib bo‘lmaydi?

Foto: RIA Novosti

Sut foydali mahsulot, ammo ayrim oziq-ovqatlar bilan bir paytda iste’mol qilinsa salomatlikka ziyon yetkazishi mumkin. Diyetologlar sutga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlarni sanab o‘tishdi.

Birinchi navbatda, limon, apelsin va greypfrut kabi sitrus mevalar sut bilan kelishmaydi — ulardagi kislota sut tarkibidagi kalsiyning o‘zlashishiga xalaqit beradi. Sutni qora shokolad bilan ichish ham kalsiyning o‘zlashishiga yo‘l bermaydi. Ko‘plar qahvaga sut qo‘shib ichishni yaxshi ko‘radi, ammo kofein organizmdan kalsiyni chiqarib yuboradi.

Sho‘r gazaklar va o‘tkir ziravorlar — sutning dushmani. Masalan, bir paytda chipslar, sho‘rdanaklarni sut bilan iste’mol qilish organizmning suvsizlanishiga olib kelib, elektrolitlar muvozanatini ishdan chiqarishi mumkin.

Dengiz mahsulotlarini sut bilan bir paytda iste’mol qilish allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Diyetolog Andrey Lisenkovning aytishicha, choyga sut qo‘shib ichish qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘lib, oshqozonda kuchli og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin. U qo‘shimcha qilishicha, har qanday sabzavot sut bilan bir paytda iste’mol qilinganda, qorinni damlatib, ich ketishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring